💖💖💖💛💛💛📣♟♟ 17 - may yakshanba kuni 9:30 da grand chess_clubida musobaqa boʼlib oʼtadi 🔔 ( 10:00 da start beriladi , kech qolgan kiritilmaydi ). Musobaqa olti guruhda oʻtkaziladi 🤩1️⃣ - guruh . 7 yoshgacha 2019 - 2020 va undan kichik yoshdagi oʻgʻil bolalar ✅2️⃣ - guruh . 9 yoshgacha 2017 - 2018 - yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar ✅3️⃣ - guruh . 11 yoshgacha 2015 - 2016 - yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar 👍4️⃣ - guruh . 13 yoshgacha 2013 - 2014 - yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar ✅5️⃣ - guruh . 9 yoshgacha boʻlgan qizlar 2017 - 2018 - 2019 - 2020 va undan kichiklar bitta guruhda oʼynashadi ✅🚩 - guruh . 13 yoshgacha boʻlgan qizlar 2013 - 2014 - 2015 - 2016 - yilda tugʻilganlar bitta guruhda oʼynashadi ✅Musobaqa badali 100 ming soʼm 💸⏳ Musobaqa reglamenti 10+5 rapid Shvetsar tizimida 9 turda oʼtkaziladi ✅❗️❗️❗️🥇- oʼrin. Servislar toʻplami🥈- oʼrin. Manti qozon 🥉- oʼrin. Ventilyator 🚩- oʼrin. Chopper Yana bir yangilik ‼️ musobaqada ishtirok etgan , ammo oʼrin ololmagan ishtirokchilar maxsus estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishadi 💫Roʼyxatdan oʼtish uchun @Boburbek_Shomurodov ga murojaat qilingizlar 📔📍Musobaqa boʼlib oʼtadigan joy grand chess_clubi ( Termiz Davlat Universiteti , Axborot resurs markazi 3 - etaj 303 - xona❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
🔥Afruza Hamdamova rapid bo'yicha jahon chempioni! 14–21 aprel kunlari Serbiyaning Vrniachka-Banya shahrida 8–18 yosh toifalari o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlarida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.♟Rapid bahslari yakuniga ko‘ra:🏆 18 yoshgacha qizlar o‘rtasida Afruza Hamdamova 8,5 ochko bilan jahon chempioni bo‘ldi!U musobaqa davomida ishonchli va barqaror o‘yini bilan ajralib turdi.🥉12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Islombek Husanov bronza medalini qo‘lga kiritdi.🥈 Shuningdek, Xusnoraxon Xusnitdinova blits yo‘nalishida masalalar yechish bo‘yicha jahon chempionatida kumush medal sohibasiga aylandi.⚡️Blits yo‘nalishida yurtdoshlarimizning natijalari18 yoshgacha o‘g‘il bolalar:🥇 Muhammadzohid Suyarov — 5,5 ochko (1-o‘rin)4️⃣ Asrorbek Omonov — 4 ochko (4-o‘rin)6️⃣ Akbarali Abduhakimov — 3 ochko (6-o‘rin) 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar:🥈 Humoyun Begmuratov — 5 ochko (2-o‘rin) 10 yoshgacha qizlar:🥈 Farzonabonu Bozorova — 2,5 ochko (2-o‘rin) 16 yoshgacha qizlar:🥈 Nilufarxon Imomkuzieva — 4 ochko (2-o‘rin)18 yoshgacha qizlar:🥈 Afruza Hamdamova — 4,5 ochko ( 2-o‘rin) Ayni paytda blits bahslari davom etmoqda. Yakuniy g‘oliblar bugun aniqlanadi. 👏 Yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! G'alabalar bardavom bo'lsin 🔝🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 148 kun qoldi YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildiDavlatimiz rahbari yosh grossmeysterimizni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta mazkur nufuzli musobaqada zafar qozonib, tom ma’nodagi tarixiy g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.Suhbatda Javohir Sindorov ushbu turnirda ilgari hech kim yeta olmagan yuksak marrani zabt etgani, 14 ta o‘yinda 6 marotaba g‘alaba qozongani sport olamida kamdan kam uchraydigan noyob hodisa ekani alohida ta’kidlandi.Davlatimiz rahbari yosh grossmeyster dunyoning eng dongdor shaxmatchilariga qarshi har bir bahsda katta jasorat va mahorat bilan dona surib, kuchli iroda, yuksak intellektual salohiyat va qat’iyat fazilatlarini namoyon etganini qayd etdi. Prezidentimiz endi Javohir Sindorov oldida jahon toji uchun hal qiluvchi va sharafli bellashuv turganini qayd etib, bo‘lajak o‘yinlarda unga yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.Suhbatda joriy yil Samarqand shahrida o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Javohir Sindorovning ishtiroki, shubhasiz, jamoamizga katta ruh va ishonch bag‘ishlashi qayd etildi.Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari Javohir Sindorovning ota-onasi, yaqinlari, ustoz va murabbiylarini ham ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin yurakdan tabrikladi.Javohir Sindorov yuksak e’tibor, samimiy qutlov va bildirilgan ishonch uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 153 kun qoldi YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
— Shaxmat turnirida hakam nima uchun kerak?Bu savolni ko'p eshitaman. Uning javobi FIDE Arbiters' Manual 2025 da aniq ifodalangan.Hakam shunchaki soatlar va natijalarni kuzatib turadigan shaxs emas.Hakam — musobaqa tashkilotchilari bilan o‘yinchilar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.Hakamning asosiy vazifasi quyidagilarni ta’minlashdan iborat:● shaxmat qoidalariga qat’iy rioya etilishini;● barcha o‘yinchilar uchun teng va adolatli sharoitlar yaratilishini;● partiyalarning tinch, ortiqcha aralashuv va keskinliksiz o‘tishini.Hakam o‘yin maydoni, jihozlar, zaldagi tartib va umuman musobaqa jarayonining borishi uchun javobgardir.Aynan u bahsli vaziyatlarda, ayniqsa vaqt tanqisligi paytida, qaror qabul qiladi va bu qarorlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.Alohida e’tibor adolatli o‘yinga qaratiladi. Hakam har qanday noadolatli harakatlarning oldini olishi va doskalar atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarni doimiy nazoratda ushlashi shart.Qisqacha aytganda, yaxshi hakam o‘yinchilar faqat shaxmat haqida o‘ylashlari mumkin bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.
— Shaxmat turnirida hakam nima uchun kerak?Bu savolni ko'p eshitaman. Uning javobi FIDE Arbiters' Manual 2025 da aniq ifodalangan.Hakam shunchaki soatlar va natijalarni kuzatib turadigan shaxs emas.Hakam — musobaqa tashkilotchilari bilan o‘yinchilar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.Hakamning asosiy vazifasi quyidagilarni ta’minlashdan iborat:● shaxmat qoidalariga qat’iy rioya etilishini;● barcha o‘yinchilar uchun teng va adolatli sharoitlar yaratilishini;● partiyalarning tinch, ortiqcha aralashuv va keskinliksiz o‘tishini.Hakam o‘yin maydoni, jihozlar, zaldagi tartib va umuman musobaqa jarayonining borishi uchun javobgardir.Aynan u bahsli vaziyatlarda, ayniqsa vaqt tanqisligi paytida, qaror qabul qiladi va bu qarorlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.Alohida e’tibor adolatli o‘yinga qaratiladi. Hakam har qanday noadolatli harakatlarning oldini olishi va doskalar atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarni doimiy nazoratda ushlashi shart.Qisqacha aytganda, yaxshi hakam o‘yinchilar faqat shaxmat haqida o‘ylashlari mumkin bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.
⚡️Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiJoriy yilning 24–30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.Musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etiladi. Bellashuvlar Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkaziladi.🟢Chempionat o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda tashkil etilib, har bir guruhda 12 nafardan shaxmatchi ishtirok etadi.
📝Ishtirok etish tartibi:Chempionatda quyidagi shaxmatchilar ishtirok etish huquqiga ega: • 2025-yilda o‘tkazilgan 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarining standart yo‘nalishida 1–2–3-o‘rin sohiblari; • 2025-yilgi 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati standart yo‘nalishida 1-o‘rin egasi; • shuningdek, qolgan ishtirokchilar kelib tushgan yozma arizalar asosida, FIDE reyting ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan shaxmatchilar orasidan tanlab olinadi.
Har bir guruh g‘olibi 2026-yilda erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.🕊Telegram 📱Instagram🔹Facebook🌍Veb sayt
🏆Matbuot anjumanida nafaqat yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yangi rejalar taqdim etildi, balki O‘zbekiston shaxmati rivojiga munosib hissa qo‘shganlar ham tantanali ravishda taqdirlandi.Yilning eng yaxshi shaxmatchisi — Javohir SindarovYilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi — Umida OmonovaYilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (12 yoshgacha, o‘g‘il bola) — Nematillaxonov NurmuhammadYilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (12 yoshgacha, qiz bola) — Xusniddinova XusnoraYilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (20 yoshgacha, qiz bola) — Xamdamova AfruzaYilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi (20 yoshgacha, o‘g‘il bola) — Muhiddin Madaminov❗️Para va faxriy shaxmatchilar:Yilning eng yaxshi erkak para shaxmatchisi — Shoyusupov MarselYilning eng yaxshi ayol para shaxmatchisi — Kakisheva SelbiYilning eng yaxshi faxriy shaxmatchisi — O‘ktam Sheraliyev♟Hakamlar va mutaxassislar:Yilning eng yaxshi shaxmat hakami — Komiljon AzizovYilning eng yaxshi shaxmat tahlilchisi — Ulug‘bek TillayevYilning eng yaxshi shaxmat sharhlovchisi — Anton Kim💎Maxsus va faxriy mukofotlar:Yilning eng yorqin shaxmat partiyasi — Nodirbek AbdusattorovShaxmat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun — Sergey PinchukTadbir yakunida barcha g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanib, ularning yutuqlari O‘zbekiston shaxmatining buguni va kelajagi uchun muhim poydevor ekani alohida e’tirof etildi.YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova