Source
Truvision | Quva tumanidagi "Logistika" markazida oʼquv mashgʼulotlari davom etmoq...
241 Views/Reach
2026-04-23 13:39
Message №137
Quva tumanidagi "Logistika" markazida oʼquv mashgʼulotlari davom etmoqda. Bugungi kunda tumanimiz yoshlarining “Logistika”ga boʼlgan qiziqishlari yanada ortib bormoqda. Tumanimizdagi 1-sonli politexnikum binosida tashkil etilgan “Logistika” markazida xozirgi kunda 4 ta guruxdan iborat yoshlarga "TruDispatch” logistika kompaniyasi qoshidagi “Truvision Academy” sining malakali xodimlari tomonidan oʼquv mashgʼulotlari olib borilmoqda. Ushbu yoshlar “Truvision Academy” si kurslarida tahsil olib, hozirgi kunda eng talabgir yoʼnalishlardan biri boʼlgan Amerika logistikasini mukammal oʼrganib zamonaviy kasb egasi boʼlishlari uchun astoydil xarakat qilmoqdalar. Oʼquv mashgʼulotlarini aynan logistika markazining oʼzida tashkil etilishi yoshlarni bir vaqtda logistika yoʼnalishida xam nazariy, xam amaliy koʼnikmalarga ega boʼlishlarini taʼminlaydi.Tumanimiz yoshlari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar kelajak avlodni oʼziga boʼlgan ishonchini yanada ortib borishiga va yoshlarimizni bandligini taʼminlashga xizmat qiladi.