Login Sign Up
Advert
Your ad spot
Reserve this exclusive slot for the selected period.
Buy advertising →
Telegram community logo - Kushon chess
Added 06 Dec 2025

Kushon chess

@kushon_chess
Number of subscribers: 296
Photos: 3,550
Videos: 468
Links: 716
Description:
Куч Бирликда 💪💪🏻♟️ Murojat uchun. +998936330743
Source

Kushon chess | ️ Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston ...

Telegram community logo - Kushon chess Kushon chess @kushon_chess
108 Views/Reach 2026-01-16 08:05 Message №5206
⚡️ Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiJoriy yilning 24–30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.Musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etiladi. Bellashuvlar Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkaziladi.🟢Chempionat o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda tashkil etilib, har bir guruhda 12 nafardan shaxmatchi ishtirok etadi. 📝Ishtirok etish tartibi:Chempionatda quyidagi shaxmatchilar ishtirok etish huquqiga ega: • 2025-yilda o‘tkazilgan 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarining standart yo‘nalishida 1–2–3-o‘rin sohiblari; • 2025-yilgi 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati standart yo‘nalishida 1-o‘rin egasi; • shuningdek, qolgan ishtirokchilar kelib tushgan yozma arizalar asosida, FIDE reyting ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan shaxmatchilar orasidan tanlab olinadi. Har bir guruh g‘olibi 2026-yilda erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.🕊Telegram 📱Instagram🔹Facebook🌍Veb sayt