Kushon chess | 3 yosh 7 oylik hindistonlik bola – eng yosh FIDE rapid reytingli shaxm...

Telegram community logo - Kushon chess
2025-12-06

Kushon chess

Number of subscribers:
297
Photos:
3550 
Videos:
464 
Links:
709 
Category:
Telegram
Description:
Куч Бирликда 💪💪🏻♟️ Murojat uchun. +998936330743

Channel Kushon chess - @kushon_chess - №5009

3 yosh 7 oylik hindistonlik bola – eng yosh FIDE rapid reytingli shaxmatchi bo'ldiHindistonning Madhya Pradesh shtatidagi Sagar shahridan bo‘lgan Sarvagya Singh Kushvaha 3 yil 7 oy 13 kunligida tarixdagi eng yosh FIDE Rapid reytingli shaxmatchiga aylandi. U 2025-yil dekabr oyidagi FIDE rapid reyting ro‘yxatida 1572 reyting bilan paydo bo‘ldi.Sarvagyaning ilk rapid reyting turniri sentyabr oyida o‘tkazilgan 24th RCC Rapid Rated Cup bo‘lib, unda u 1542 reytingli raqibini mag‘lub etdi. Oktabrda o‘z shtati Madhya Pradeshdagi Khandva shahrida o‘tgan 2nd Shri Dadaji Dhunivale Rapid Rating Open musobaqasida 1559 reytingli shaxmatchini yengdi.Noyabr oyida u Chhindvara va Indore shaharlarida ikki rapid reyting turnirida qatnashib, avvaliga yana o‘sha 1542 reytingli raqibini, so‘ng esa 1696 reytingli shaxmatchini mag‘lub etib, o‘zining ilk rapid reytingini qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili bu borada 3 yoshli Anish Sarkar rekord o‘rnatgan bo‘lsa, endi yana bir 3 yoshli hindistonlik iste’dod bu rekordni yangiladi.YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
248
25-12-04 14:10